O‘zbekistonda 1990 yilning oxiridan beri yirik bayramlar arafasida o‘tkazib kelinayotgan “Tozalash-Antiterror” operatsiyalari to‘xtatildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB rahbari o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayev 1 martda bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi, deb xabar berdi “Gazeta.uz”.
“Tozalash-Antiterror” tadbiri Musatqillik bayrami, Konstitutsiya kuni, Yangi yil, Navro‘z va boshqa bayramlar arafasida o‘tkazilar edi.
Ushbu operatsiya o‘rniga O‘zbekiston Prezidentining 14 fevraldagi “Jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikning oldini olish va Toshkentda jinoyatchilikka qarshi kurashishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi farmoniga asosan “Xavfsiz hudud” kompleks chorasi joriy etiladi.
IIBB rahbari o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, 15 yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan “Tozalash-Antirerror” operatsiyalari 1999 yilning fevralida poytaxtda sodir bo‘lgan portlashlarga aloqador.
Shuningdek, ma’lum qilinishicha, avvalgidek “maqsadli” pasport va viza nazorati endilikda o‘tkazilmaydi.
“IIBB xodimlari sektorlardagi oilalarning ijtimoiy holatini o‘rganish bilan shug‘ullanadi va qandaydir huquqbuzarliklar aniqlansa ularni nazorat qiladi. Yordam berish, maslahat berish, odamlarni propiskaga qo‘yish borasida yordam beramiz. Endilikda propiskasi yo‘q odamlarni zudlik bilan ro‘yxatga olish ishlari amalga oshirilmaydi. Dastlab ogohlantirish beriladi” — dedi Doniyor Toshxo‘jayev. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi
O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti
Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi
Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi
Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi