
Rossiya o‘qituvchilarini O‘zbekistonga yuborishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Federatsiya kengashi raisi o‘rinbosari Yevgeniy Bushmin ma’lum qildi, deb xabar beradi Daryo.uz.
Bushminga ko‘ra, O‘zbekistonda Rossiyaning qo‘shni Tojikiston bilan mazkur yo‘nalishdagi hamkorligi qiziqish uyg‘otgan va bu ta’lim loyihasi kengaytirilishi lozim.
“O‘zbekiston bilan madaniyat va ta’lim yo‘nalishidagi aloqalarimiz jadal rivojlanmoqda. O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi munosabatlar ham izga tushmoqda. Bu bizga ikki davlatni qamrab olgan loyihani rejalashtirish imkonini beradi”, — dedi rossiyalik senator. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar