Mening nazarimda ziyolilik, bashariyatning qismatiga daxldorlik missiyasi bilan dunyoga kelgan odamlarga ikki ofat tahdid qiladi.
Birinchisi – bilmaslik.
Ikkinchisi – esa, qay bir darajada bilib, bilganlari asosida yashay boshlagan paytda FITNAga yo‘liqish ofati….
Bilmaslik – bilish lozim bo‘lganlarni o‘rganish – bu hammaga ayon-to‘g‘ri va tabiiy jarayon, to‘xtalib o‘tirish ezmalik bo‘lar…
Ammo, FITNA haqida to‘xtalmasam, hech yo‘q, o‘z tasavvurimni aytmasam bo‘lmaydigandek tuyuldi.
Insoniyatning johiliyat davriga ISLOM dini, ISLOM TASAVVUFI, ISLOM FALSAFASI va nihoyat ISLOM MADANIYATI to‘la nuqta qo‘ydi. Buyog‘iga faqat uni o‘rganmoq va odamzod o‘z turmush tarziga uni singdirmog‘i qoldi xolos…
Unda haqli bir savol tug‘iladi:
Unda BILGANLAR nega u qadar XURRAM emas…
Hayoti ma’lum va noma’lum g‘ussalarga liq to‘la…
Endi shu o‘rinda aytmoqchi bo‘layotgan fikrimni ta’kidlayman.
“RABBANA LA TUZIG‘ QULUBANA, BA’DA IZ HADAYTANA”, –deb boshlanuvchi oyati-karimasi, bizga shu balodan xabar beradi.
Ya’ni: «Yo Alloh! Bizni iymon keltirganimizdan so‘ng, (E’tibor bering-a iymon keltirganimizdan so‘ng, deyilmoqda) Qalblarimizga g‘illi-g‘ashlik solmagin!….
O‘sha g‘illi-g‘ashlik FITNAdir aslida…
Nechunki, FITNA insonning o‘zigaku mayli, atrofidagilarni zaharlaydigan, ne-ne oltin boshlarning boshiga yetgan, ne-ne soddadil bechoralarni to‘g‘ri yo‘ldan ozdirgan bir balodir.
Kecha Gulbahor Sattorovaning “Og‘riq nuqtalar”, aniqrog‘i adabiyotimizdagi, jurnalistikadagi “Og‘riq nuqtalar” haqidagi fikri, bugun kuni bo‘yi xayolimni band etdi.
Hayron bo‘lmang, gapni juda-juda uzoqdan, ODAM ATOning yaratilish kunidan boshlab, bu mavzuga tushib kelganimga….
Boisi hamisha o‘z FIKRimni ilohiy aqidalar bilan bog‘lab xulosa yasashga o‘rganganman….
Hamisha rost so‘z, to‘g‘ri maqom, insonga to‘g‘ri OQIBAT beradi…
Juda hayron qolaman. Ba’zilar MAQOM va MUQOMni almashtirib qo‘yishadi, gohida….
Hamma narsani bilsangu, amal qilmasang, aytgan gaplaringga qilayotgan amaling sira-sira mos kelmasa….
Bundan kimga foyda, kimga zarar. Gruzin xalqida bir maqol bor, aytadiki: “Ey nodon,bolang AYTGANINGNI EMAS, QILGANINGNI QILADI”, degan…
O‘zimiz ODAMIYLIK haqida qaynab-toshib she’rlar yozsakda, birovga sariq chaqalik himmat qilmasak…
Shoirona aytganda: “Birovga ilon o‘ldirilgan toshni ravo ko‘rmasak” …
Pokiza so‘zlarga burkangan ASH’ORlar bitsakda, og‘zimiz faqat birovlarning g‘iybatidan bo‘shamasa…
Rahmatli Muhammad Yusuf shoirlar haqida yozgan she’rida aytganidek:
Mana ular salqin xiyobonlarda,
Entikib yozishar kelajakka xat.
OQIBAT HAQIDA HAYQIRISHAR va,
ABDULLA ORIFni QILISHAR G‘IYBAT…
Shoirlik men uchun aslo orzumas,
Shuyam ish bo‘ldimi ERKAK BOSHIMGA.
She’r zamiridagi haqiqatga tik boqmoq kerak, OQIBAT haqida she’r yozib bo‘libmas, yozib turib ham G‘IYBAT qilamiz goho…
She’rning ichida birovlarni yomonlab-yomonlab olamiz…
Birovga suqolmagan nishlarimizni suqib-suqib yengillaymiz go‘yoki…….
Xolislik haqida entikib entikib SHE’RIY NUTQLAR IROD QILAMIZU, agar birov bizni tanqid qilsa uni o‘sha soatdan dushman sanab, o‘ch olishga tushib ketamiz….
Agar kimdir birov o‘rinsiz maqtab qo‘ysayam uni xayolan do‘st sanab, maqtoviga-maqtov bilan javob berish payidan bo‘lamiz.
Halollik haqida she’r, badia, ballada, e boring-ki yozish mumkin bo‘lgan, hamma narsani yozvolib, qalamni qo‘ygach KO‘NGIL OVLASHGA tushib ketadigan qancha QALAMKASHLAR borligini bilmagan odam qolmadi.
«HAYODAN SO‘ZLAYDI, HAMMA SHARMANDA” -, deganday…
Bir yosh bo‘lib, yosh bo‘lmaganroq, katta bo‘lib katta bo‘lmaganroq, havoyi she’rlar yozib yuradigan bir shoir ukamizga shu haqida tanbeh bersam, shunday javob bergan: “Xo‘sh, buning nimasi yomon, qizlarga, ayollarga xushomad qilishning, men buni falon gazetada ishlagan vaqtimda, FALONCHI shoir akamdan o‘rganganman, u kishi ham shundoq qilardilar, mana shuni orqasidan MANA SHUNDAY RUTBALARGA erishdilar, agar yomon bo‘lsa, shunday LAVOZIMlarga erisharmidilar. Men asli bir tortinchoq bola edim, o‘sha akamga ergashib, shu darajaga yetdim, sababi shu akamday OSON, YENGIL va FAROVON yashamoqchiman!!!”
Xo‘sh, shularning nimasi FITNA dersiz, FITNAligi shundaki, boshqalarning dunyoqarashini buzmoqda.
Boshqalarning hayot tarziga o‘zining zaharli hayot tarzi bilan o‘rnak bo‘lmoqda….
“Qiyomatda imomlardan tutantiriq qilinadi, do‘zaxga, boisi avom qilsa bilmay qiladi, imom esa bilib qiladi, avom qilgan xatoga hech kim ergashmaydi, AMMO IMOM QILGAN XATO BOSHQALARNI ERGASHTIRADI», deyiladi…
Haqiqatan ham, ELGA O‘RNAK BO‘LARGA, BOSH BO‘LARGA, ULARGA FIKR AYTARGA da’vogar bo‘lgan odamda to‘rt hissa mas’uliyat kuchli bo‘lmog‘i shart. Nechunki, ULARDAN QOLGANLAR ANDOZA OLISHADI, SHAMOYIL OLISHADI, ENG YOMONI VA AYNI DAMDA ULARGA ERGASHISHADI…
Shunchaki yozish, shunchaki aytish boshqa masala, ammo MINBAR da’vo qilayotgan JANOBlarda shu minbarga munosib SHAXSIYAT bo‘lishi shart, lozimdir.
Bir opa Feysbukka nega kirasiz degan, savolimga: “Chalg‘ish” uchun, deb javob berdilar….
AMALLAR NIYAT BILAN MUSHTARAKDIR, -deyiladi sahih hadislarda.
Qo‘rqib ketdim, shu OPA uchun, rostdan ham NIYATlariga tortib, CHALG‘IB ketib qolsalar-a?!? O‘ZLARIDAN, UYLARIDAN, BOLA-CHAQALARIDAN, AYOLLIK SHA’NLARIDAN CHALG‘IBBBB KЕTIB qolsalar…..
Shu bois, biz Feysbukdagi ijod ahli sal mas’uliyatli bo‘laylik…
SHUNAQA OPAXONLARNI CHALG‘ITADIGAN POSTLAR QILIB, CHALG‘IBBBB KЕTISHLARIGA HISSA QO‘SHVORMAYLIK, O‘ZIMIZ BILMASDAN….
Birovlarning postlariga kirvolib, o‘z aqlliligini(axmoqligin aslida) ko‘rsatib, soxta bahsu-munozaralar uyushtirishga, ya’ni tom ma’noda FITNA uyushtirishga moyil bo‘lgan AZIZ VA AZIZA do‘stlar. Tushuning FITNAning katta-kichigi bo‘lmaydi, hammasi Fitna….
Yaqinda bir DO‘STIMIZ xabar yozib, dedilarki: “Uzr, SHOIRA EKANSIZ, MЕN SHOIRLARDAN QO‘RQAMAN ULAR YOLG‘ONCHI VA IKKIYUZLAMACHI BO‘LISHADI, YAQINDA BIROVNING POSTIDA BIR SHOIR BAHS UYUSHTIRIB, IKKALA TOMONNI BIR-BIRIGA TЕNG GIJ-GIJLAB, HAR IKKALASIGAYAM LAYK BOSIB O‘TIRIBDI, BU NIMA QILGANI!!!”, deb yozvordi…..
Chindan ham,bu nima qilganimiz…..
“U XATO, BU TO‘G‘RI, deb, HUKM chiqarish bizga emas, bizgacha jamiyki hukmlar chiqib bo‘lgan, bizning ISHIMIZ-HADDIMIZ faqat ZIKR qilmoqdir”, -deyiladi, “TAZKIRATUL-AVLIYO”da…
Odam bu dunyoda nima topsa, bir-birini yaxshi ko‘rib topadi, nima yo‘qotsa bir-birini yomon ko‘rib yo‘qotadi,- deydi NOBЕL mukofoti sovrindori Gabriel Garsiya Markesning qahramonlaridan biri.
“Sodda bo‘ling, bir-biringizni soddalarcha mehr bilan ardoqlang”-, deydi, men sevgan MAVLONO LUTFIY O‘ZINING OSHUFTA g‘azallarida:
Sansan sevarim, hoh inon, hoh inonma,
Qondir jigarim hoh inon, hoh inonma…
Qarang, qanchalik ishonchli, qanchalik sodda qanchalik yaxshi…
“HAQIQIY MO‘MIN, SODDA BO‘LADI, JANNAT SODDALARNIKIDIR. HAQ TAOLO O‘Z JANNATINI SODDALAR UCHUN BINO QILDI”, -deyiladi sahih hadislarda…
Keling, bir-birimizni fitnalarsiz, ayyorliklarsiz, makru-tuzoqlarsiz SODDAGINA yaxshi ko‘raylik…
Buning qanchalik go‘zal holat ekanini bir lahzagina tuysangizmi, shu tuyg‘uga butun umringizni indamay almashib yuborardingiz…
Hech qanday MAHMADONALIKLARSIZ, ortiqcha SHOVQINLARSIZ o‘zimizni isloh qilishimiz mumkinku?!?
Men aniq bilaman, har qanday ILLATning da’vosi mehrdir…
Har qanday FITNA mehrning oldida ojiz. Har qanday makr MЕHRning oldida gungdir…
“Buncha oz sevasiz, yomon sevasiz”, -deb o‘ksiydi Marina Svetayeva, Yelabugadagi bir qarich arqon bilan mehrsizlikni bo‘g‘arkan. Keling, bir-birimizni ayashni, yaxshi ko‘rishni o‘rganaylik…
Yaxshilarni yaxshiligi uchun, ojizlarni ojizligi, kuchlilarni-kuchliligi uchun yaxshi ko‘raylik…
Yomonlarga insof, fitnachilarga diyonat so‘raylik…
Sanobar Mehmon
Manba: Fayzbog.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?