
Lola Karimova bunday yuksak unvonga sazovor bo‘lish katta sharaf ekanligini ma’lum qildi.
O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning qizi Lola Karimova-Tillayeva Fransisk I qirollik ordenining Dama faxriy unvoniga munosib deb topildi. Bu haqida u o‘zining Instagram sahifasida xabar qildi.
Unga mukofotni Ikki Sitsiliya shahzodasi Charlz hamda malika Kamilla de Burbonlar topshirishdi.
“Fransisk I qirollik ordenining ushbu yuksak unvoniga muyassar bo‘lish men uchun katta sharaf. Orden muhim gumanitar va xayriya tashabbuslar hamda dinlararo aloqalarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun xalqaro darajada tan olingan”,- deb yozadi Lola Karimova-Tillayeva.

Turli yillarda Fransisk I ordenining ritsar va dama unvoniga Daniya malikasi Benedikta, Buyuk Britaniya sobiq bosh vaziri baronessa Margaret Tetcher, Makka viloyati hokimi shahzoda Holid al-Faysal bin Abdulaziz al-Saud, Kosovoning sobiq prezidenti Atifete Yaxyaga, BMT sobiq bosh kotibi Pan Gi Mun sazovor bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Lola Karimova-Tillayeva O‘zbekiston Gimnastika federatsiyasi prezidenti lavozimini tark etishini bildirgani haqida xabar bergan edik.
Shuningdek, joriy yilning fevral oyi boshida u O‘zbekistonning YUNЕSKOdagi elchisi sifatidagi faoliyatini yakunlagandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar