Toshkent shahrining Sergeli tumanida 5 mart kuni noma’lum shaxs qarovsiz qoldirilgan, fuqaro S.R.ga tegishli “VAZ-2105” rusumli avtomashinasini haydab qochgan.
Olib borilgan qidiruv ishlari natijasida Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani Do‘stlik jamoa xo‘jaligi hududidan avtomashina to‘liq yongan holda topilgan, deyiladi O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabarida.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Sergeli tumanida yashovchi I.G. va T.G. sodir etganliklari aniqlanib, qo‘lga olinganlar.
Shuningdek, Toshkent shahrining Chilonzor tumanida 6 mart kuni soat 21.30larda Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashovchi S.N. boshqaruvidagi “Mersedes-bens” rusumli avtomashinasini Bunyodkor shohko‘chasida joylashgan “Avtotexxizmat” binosi oldida haydab ketayotib, boshqaruvni eplay olmay, yo‘l chetidagi daraxtga urilgan.
Natijada avtomashina yo‘lovchilari O.A. va J.Q. jarohat olib, shifoxonaga keltirilganlarida vafot etganlar hamda avtomashina haydovchisi S.N.ga shifoxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi