O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Prezident Imomali Rahmonning taklifiga binoan 9 mart kuni davlat tashrifi bilan Tojikistonga jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Oliy darajadagi muzokarada ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy, transport-kommunikatsiya, turizm, madaniy-gumanitar sohalardagi va hududlararo hamkorlikni rivojlantirish, fuqarolarning o‘zaro tashriflarini osonlashtirish masalalari muhokama qilinadi, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashiladi.
Muzokara yakunlari bo‘yicha prezidentlarning Qo‘shma bayonoti, O‘zbekiston – Tojikiston davlat chegarasining alohida uchastkalari to‘g‘risida shartnoma, Fuqarolarning o‘zaro qatnovi to‘g‘risidagi bitim, shuningdek, turli sohalarda hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan jami 25 dan ortiq hujjat imzolanishi rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, tashrif doirasida o‘tkaziladigan biznes-forum va O‘zbekiston milliy sanoat ko‘rgazmasida tijoriy shartnomalar va iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi kooperatsiyaga oid bitimlar imzolanishi ko‘zda tutilgan. Ikki mamlakat san’at ustalari ishtirokida konsert tashkil etilishi ham mo‘ljallangan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi
Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi
Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi
Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi
"Liverpul" futbolchisi jamoadoshining xotini bilan “don olishib yurgani" ma’lum bo‘ldi
Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi