10:02 / 09.03.2018
5 784

Mirzo Ulug‘bek suv ichgan piyolaning siri nimada edi? (foto)

Mirzo Ulug‘bek suv ichgan piyolaning siri nimada edi? (foto)
Londonda qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazayotgan Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, O‘zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi, Toshkent islom universitetining Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi rahbarlaridan iborat delegatsiya Britaniya muzeyiga tashrif buyurdi. O‘zbekiston delegatsiyasini Britaniya muzeyi direktori Hartvig Fisher qabul qildi.

Britaniya muzeyi o‘zida 8 milliondan ziyod ashyolarni to‘plagan bo‘lib, har yili bu yerga 7 millionga yaqin kishi tashrif buyuradi.

Ahamiyatlisi, muzeyda mamlakatimiz tarixiga oid o‘ta noyob eksponat – Mirzo Ulug‘bek suv ichgan piyola saqlanadi. Uzunligi 15 sm bo‘lgan piyola yuziga “Ulug‘bek Ko‘ragon” deb yozilgan. Piyola yashil rangli nefrit toshdan o‘ta mohirlik bilan sayqallangan holda ishlangan. Uning bandi ajdar shaklida bo‘lib, og‘zi piyola uchini tishlagan, oyoqlari yerga tegib turadi. Piyolaning og‘iz tegar yeri lab shaklida bo‘lib, unga “Karami Haqqa nihoyat yo‘qdur (Alloh taolo karamining cheki yo‘q)” degan yozuv bitilgan.

O‘sha vaqtlar nefrit Movarounnahrda noyob tosh sanalgan. Piyolaning nefritdan ishlanishining sababi, u chaqmoq urishidan saqlagan. Eng asosiysi, nefritga solingan zahar o‘z ta’sir kuchini yo‘qotgan. Natijada, bunday piyola egalari ichimlikni bexavotir icha olgan.


Uchrashuvda tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanliklarini izhor etdilar. Muzokaralar natijasida Britaniya muzeyi xodimlarining O‘zbekistonga safarini tashkil etish, o‘zaro tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish, muzey fondida saqlanayotgan mamlakatimiz tarixiga oid nodir eksponatlarni tadqiq etish, kataloglarini yaratish, o‘zbekistonlik mutaxassislarning Britaniya muzeyida amaliyot o‘tashlarini joriy qilish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Britaniya muzeyi Mirzo Ulug‘bek foydalangan nodir piyolaning nusxasini O‘zbekiston buyurtmasi bo‘yicha tayyorlab berishga tayyor ekanini ma’lum qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mirzo Ulug‘bek suv ichgan piyolaning siri nimada edi? (foto)