
Toshkent viloyatida o‘ta og‘ir jinoyat sodir etgani uchun 14 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB huzuridagi tergov boshqarmasi ma’lum qildi.
O‘rtachirchiq tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan bosqinchilik jinoyatini sodir etganligi uchun qidiruv e’lon qilinib, 2004 yil 2 iyun kunidan buyon qidiruvda bo‘lgan, 1983 yilda tug‘ilgan G‘ulom Qosimov IIB xodimlari tomonidan Nurafshon shahri hududida aniqlanib, ushlandi.
Unga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari qayta tiklanib, Nurafshon shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar