10:53 / 11.03.2018
4 686

Chumolilarning iPhone atrofida taralayotgan musiqaga “raqsga tushishi” foydalanuvchilarni o‘ylantirib qo‘ydi (video)

Chumolilarning iPhone atrofida taralayotgan musiqaga “raqsga tushishi” foydalanuvchilarni o‘ylantirib qo‘ydi (video)
Internet foydalanuvchilarini qo‘ng‘irog‘i chalayotgan iPhone atrofida chumolilarning bir yo‘nalishda aylanib yurishlari videosi qiziqtirib qo‘ydi. Videoda chumolilar avval smartfon atrofida betartib harakatlanayotganlari, smartfon qo‘ng‘iroqni qabul qilib yangrayotganda esa uning atrofida jo‘r bo‘lib, bir yo‘nalish bo‘yicha aylanayotganlarini ko‘rish mumkin.

Ba’zi foydalanuvchilar chumolilarning bu antiqa xatti-harakatlariga telefonning vibratsiyasi ta’sir qilganini taxmin qilishgan bo‘lsa, boshqalari hamma gap magnit nurlanishida ekanini aytishgan. Boshqa bir foydalanuvchilar chumolilarning videoda yangrayotgan musiqadan o‘zgacha musiqaga qanday harakat qilishini bilishni istaganlar. Yana bir qism foydalanuvchilar esa umuman ushbu videoning soxta ekanligini aytishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Chumolilarning iPhone atrofida taralayotgan musiqaga “raqsga tushishi” foydalanuvchilarni o‘ylantirib qo‘ydi (video)