20:50 / 11.03.2018
7 009

IIBB boshlig‘i: "Tezlikni cheklash bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganib chiqdik"

ИИББ бошлиғи: "Тезликни чеклаш бўйича халқаро тажрибани ўрганиб чиқдик"
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi aholi punktlaridagi ko‘chalarda tezlikni chegaralash bo‘yicha dunyo tajribasini tahlil qilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari — Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i Rustam Jo‘rayev ommaviy axborot vositalari vakillari bilan birinchi ochiq telemuloqoti chog‘ida aytib o‘tdi, deb yozadi «Gazeta.uz».

Shaharda yo‘l harakati xavfsizligini oshirish maqsadida ruxsat berilgan tezlikni kamaytirish imkoniyati haqidagi savolga javob berar ekan, Rustam Jo‘rayev shunday dedi: «Biz xalqaro tajribani o‘rganib chiqdik. Yevropaning 29 ta mamlakatida tezlik 50 km/soat, Londonda — 48 km/soat bilan chegaralangan». Ruxsat etilgan tezlik O‘zbekistondagi kabi 70 km/soatga teng bo‘lgan davlatlar dunyoda unchalik ko‘p emas, dedi u.

Sobiq ittifoq mamlakatlarining ko‘pchiligida — Rossiya, Qozog‘iston, Armaniston, Gruziya, Ozarbayjonda — aholi punktlarida ruxsat etilgan maksimal tezlik soatiga 60 kilometrga teng, dedi Rustam Jo‘rayev. Ukraina 1 yanvardan yo‘llarda o‘lim sonini kamaytirishga qaratilgan choralardan biri sifatida tezlikni 60 dan 50 km/soatgacha pasaytirdi.

«10 km/soatlik farq qanaqa? Quruq asfaltda 60 km/soatda tormoz yo‘li 70 km/soatga nisbatan ancha kamayadi. Ya’ni aytaylik, piyoda yoki qandaydir to‘siq oldida to‘xtash ehtimoli ancha katta», — deya ta’kidladi vazir o‘rinbosari. U tezlik qancha yuqori bo‘lsa, haydovchining reaksiyasi shuncha yomonroq bo‘lishini qo‘shib qo‘ydi.

«O‘ylaymanki, bu yo‘nalishda biz xalqaro tajribani o‘rganish orqali bu masala ustida ishlaymiz, hozircha faqat tahliliy ishlar olib borilayapti», — dedi u.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » IIBB boshlig‘i: "Tezlikni cheklash bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganib chiqdik"