07:32 / 13.03.2018
5 527

Soqol bolajonlar tasavvurida: “Soqol “mujik” bo‘lish uchun kerak!”

Soqol bolajonlar tasavvurida: “Soqol “mujik” bo‘lish uchun kerak!”
Bugun ertalab MY5 telekanalida "Bola tilidan" nomli ko‘rsatuvni ko‘rib qoldim. Dasturda maktab yoshiga yetmagan bolajonlar chiqib, boshlovchining qiziqarli savollariga javob berishadi. Boshlovchi bolajonlarga yuzdagi a’zolar: qosh, soch, soqol nimaligi va ularni nimaga ishlatilishini so‘rab ko‘rdi.

Bir bolakaydan: "Soqol nimaga kerak?" deb so‘radi. Bolakay shirin tili bilan: «Mujik» bo‘lish uchun!" deb javob berdi. Keyin navbat bir qizaloqqa keldi. Uning javobi esa juda ham hayratomuz bo‘ldi. Uni eshitib o‘zim ham uyalib ketdim. Mana uning javobi: "Soqol qiz bola bilan o‘g‘il bolani ajratish uchun kerak!"

Boshlovchi nima maqsadda bolajonlardan soqol haqida so‘ragani menga qorong‘u. Yaxshi gumon qilib qo‘yaverdim. Balki ko‘pchilik bu savolga quyidagicha javobni kutishgan bo‘lsa ham kerak: "Soqol hech narsaga kerakmas, uni qirib tashlash kerak!" Lekin bolajonlar kattalarni ham o‘ylantiradigan javoblarni berishdi.

Alloh taolo zurriyodlarimizdan dinga to‘liq amal qiladigan solih va solihalarni chiqarsin!
Umidjon TURSUNOV

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Soqol bolajonlar tasavvurida: “Soqol “mujik” bo‘lish uchun kerak!”