07:32 / 14.03.2018
5 045

Siz shunday kollejga farzandingizni yuborarmidingiz?

Siz shunday kollejga farzandingizni yuborarmidingiz?
Ushbu surat Gurlan tumanidagi Tadbirkorlik kasb hunar kollejidagi sinf xonalarining birida olingan bo‘lib, yoshlar ittifoqining feysbukdagi sahifasidan olindi. Suratda ko‘rayotganingizdek sinf xonasini elektr isituvchi moslamasi yordamida isitishga harakat qilingan. Ammo talabalarning ustki kiyimlarida o‘tirganlaridan ko‘rish mumkinki, sinfxonasi sovuqligicha qolgan. «Tepadagi»lar kelgandagi ahvol shu bo‘lsa, boshqa paytda qanday bo‘lganligini tasavvur qilish….?

Kimgadir tosh otish niyatimiz yo‘q. Ammo bu holatga tegishli mutasaddilar qanday munosabat bildirar ekan. Kollej talabalarining da’vomati pastligiga bu holat ta’sir qilmayapdimi? Qolaversa isitishning bu usuli talabalarning sog‘ligi uchun zararli va xavfsizligiga tahdid solmasmikan? Bu manzaraga izoh beruvchi mard topilarmikan.

Men shaxsan mana shunday sharoitdagi maktab va kollejlarga o‘z farzandimni yubormas edim, negaki bolamning sog‘ligi men uchun hamma narsadan ustun!SIZChI, siz farzandingizga shunday sovuq xonalarda o‘qishni ravo ko‘rarmidingiz?
Mana shunday sharoitda darsga qatnayotgan o‘quvchilarga va ularga dars o‘tayotganlarga TASANNO! Ularga haykal qo‘ysang arziydi!
Davlat Nazar

Manba: Fayzbog.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Siz shunday kollejga farzandingizni yuborarmidingiz?
ePN