13:36 / 17.03.2018
5 304

Chegaralar ochilib O‘zbekistonda ayrim tovarlar 20 foizgacha arzonlashgani kuzatilmoqda

Chegaralar ochilib O‘zbekistonda ayrim tovarlar 20 foizgacha arzonlashgani kuzatilmoqda
Foto: O‘zA
O‘zbekistonning Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston bilan tovar ayirboshlash hajmi, o‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, qariyb 3 milliard dollarni tashkil etdi, ya’ni 20 foizga ortdi. Bu borada o‘zaro tovar yetkazib berish 2 barobar ko‘paydi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvida alohida qayd etib, yaqin yillarda o‘zaro savdo hajmini 5 milliard dollarga yetkazish mo‘ljallanayotganini ma’lum qildi.

Bu mamlakatlarni bog‘lab turgan eng muhim transport yo‘llarini qayta tiklanib, modernizatsiya qilingani, yangi yer usti va havo yo‘llari ochilgani, o‘zaro joriy qilingan chegirmalar natijasida yuk tashish, avvalo tranzit hajmi ortib bormoqda.

Bundan tashqari, chegaralar va yo‘llar ochilishi tufayli ichki bozorlarimizdagi tovarlarning alohida turlari 20 foizga arzonlashgani kuzatilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Chegaralar ochilib O‘zbekistonda ayrim tovarlar 20 foizgacha arzonlashgani kuzatilmoqda