«O‘zbekiston 24» telekanalida Prezident Shavkat Mirziyoyevning Samarqand viloyatiga amalga oshirgan tashrifiga bag‘ishlangan reportajda Davlat rahbarining Imom Buxoriy ziyoratgohida qilgan niyatlari, o‘qigan duosi ko‘rsatildi.
Xudo taoloning o‘zi, ulug‘ bobolarimiz bizga madadkor bo‘lib, kuch-qudrat berib turibdi. Xalqimizning og‘irini sal yengil qilsak, ana shunda shu buyuk ajdodlarimizga munosib bo‘lamiz. Hozir qilayotgan hamma harakatlarimiz shu bilan chambarchas bog‘liq. Bahorning ilk kunlarida, Navro‘zi ayyom arafasida shu ziyoratga kelishimiz bejiz emas.
Mana shu bobomiz ko‘p og‘ir, mushkul masalalarimizni yechishga madadkor bo‘lib kelyaptilar. Sizlarga katta rahmat — masjidlarda, juma namozlarida xalqimizni insof, diyonat, mehnatga chaqirishga juda katta urg‘u beryapsizlar.
Harakat bo‘lmagan davlatda baraka bo‘lmaydi. Mana, ekin-tekinlarni boshlayapmiz, Xudoning o‘zi balo-qazosidan asrasin. Iloyim, birimiz ikki bo‘lsin. Dalaga chiqib, mehnat qilayotgan xalqimizning dasturxoni butun bo‘lsin. Hamma niyatlarimizni amalga oshirib, Xudo kelgusi yil shu kunlarda eson-omon shu yerlarda ko‘rishish nasib qilsin.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti
Prezident Samarqand viloyatiga tashrifi davomida Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qilgani haqida avval ham xabar berilgan edi. Shu yerda Shavkat Mirziyoyevga majmuani rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyiha taqdimoti o‘tkazilgan edi. Prezident loyihani takomillashtirish, majmuadagi sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?