Odatda imkoniyati yetadigan, yig‘ib-terganini to‘y bahona sarflaydigan yurtdoshlarimizga qarab, “Puli borda bemalol ishlatadi”, deb qo‘yamiz. Ammo topgan-tutganimizni behuda sarflash allaqachon jonimizga tekkan. Faqat buni o‘z hayoti misolida o‘rnak qilib ko‘rsatayotganlar yetishmayotgan edi, xolos.
Navoiy viloyatidan tadbirkor Nuriddin Habibov to‘rtta to‘yxona ishlarini yuritadi. Daromadi ham o‘ziga yarasha. Ammo u kamtarona to‘yni ma’qul ko‘rdi, deb xabar berdi «O‘zA». O‘g‘li Amriddin Razzoqovning nikoh to‘yiga bir yuz yigirma mehmonni taklif qildi. Qiziltepa tumanidagi “XXI asr” nomli to‘yxonada ixcham va fayzli o‘tgan to‘y Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev kutgan to‘ylarning biri bo‘ldi.
Tadbirkor yurtdoshimiz to‘ydan oldin ushbu tumandagi maktab internati jamoasiga Navro‘z saylini o‘tkazishda homiylik ko‘rsatgan edi. Bayram tadbiri davomida o‘quvchilarga o‘quv qurollari, bayram sovg‘alari ham ulashilgan.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi a’zolari o‘z tengdoshlariga o‘rnak bo‘lgan kelin-kuyovlarga yurtimiz bo‘ylab sayohat qilishi uchun sertifikat va kitoblar jamlanmasini taqdim etdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi