08:57 / 22.03.2018
4 490

Tojikiston O‘zbekistondan kelgan birinchi vizasiz sayyohlarni munosib kutib oldi

Tojikiston O‘zbekistondan kelgan birinchi vizasiz sayyohlarni munosib kutib oldi
Dushanbeda O‘zbekistondan ilk bor vizasiz tartibda kelgan sayyohlar guruhi non va tuz bilan kutib olindi, deb xabar qilmoqda Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi.

“Tojikistonga, hammamiz hurmat qiladigan, qardosh O‘zbekistondan birinchi sayyohlar guruhi yetib keldi. Tojikistonga xush kelibsiz!”, — deyilgan qo‘mita xabarida.

Dushanbedagi "Dusti" maydonidagi Ismoil Somoni haykali oldidan turistik kompaniya vakillari "Salom, Tojikiston" tadbirini o‘tkazishdi. Tadbir doirasida ular o‘z xizmatlari, sayohatni yanada qiziqarli, qulay va unutilmas qiladigan xizmatlar haqida so‘zlab berishdi.

Eslatib o‘tamiz, 9 mart kuni O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari ikki mamlakat fuqarolari uchun 30 kungacha vizasiz kirish haqida shartnoma imzolashgan edi. Ikki kun oldin, 19 martdan boshlab esa – O‘zbekiston va Tojikiston orasida 30 kungacha vizasiz kirib-chiqish tartibi kuchga kirdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tojikiston O‘zbekistondan kelgan birinchi vizasiz sayyohlarni munosib kutib oldi