09:44 / 22.03.2018
8 816

Jismoniy shaxslar o‘z avtomashinasida taksi qilishi mumkinmi?

Jismoniy shaxslar o‘z avtomashinasida taksi qilishi mumkinmi?
Foto: Sputnik

O‘zbekiston qonunchiligi qonunchiligi litsenziyasi bo‘lgan yuridik shaxslarga yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanishiga ruxsat beradi. Xo‘sh, o‘z mashinasida kira qilib pul ishlamoqchi bo‘lganlar qanday yo‘l tutadi? O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi rahbari o‘rinbosari Shoolim Shovahobov Sputnik nashrining bu boradagi savoliga izoh berdi, deya ma’lum qiladi «Sarzone.uz».

Shovahobovning aytishicha, O‘zbekistonda jismoniy shaxslar ham o‘z mashinasida kira qila oladi.

«O‘z avtomobilida taksi qilmoqchi bo‘lganlar ushbu faoliyatni amalga oshirishga litsenziyasi bo‘lgan yuridik shaxs bilan mehnat shartnomasi tuzishi lozim. So‘ng o‘z avtosini notarial tarzda rasmiylashtiradi, ya’ni uni yuridik shaxsga berib, TT seriyali maxsus raqam oladi. Natijada avtomobil egasi yollanma xodimdek qabul qilinadi va mehnat daftarchasi oladi», dedi Shovahobov.

Agentlik rahbari bunday haydovchilar bir qator talablarga javob berishi kerakligini qo‘shib qo‘ydi. Ular kamida uch yil mashina boshqargan bo‘lishi, yoshi esa 21 dan kam bo‘lmasligi lozim.

Shovahobov O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi hozir jismoniy shaxslarga yo‘lovchi tashish huquqini berish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmayotganini bildirdi. Chunki bunday holatda yo‘lovchi tashish sifati va xavfsizligini nazorat qilish murakkablashadi.

«Bu yerda eng muhimi — xavfsizlik. Yo‘lovchi tashiyotgan jismoniy shaxsning sog‘lomligi, haydovchi ichmaganligini kim kafolatlaydi? Taksi kompaniyalari uchun esa qat’iy talablar bor — liniyaga chiqishdan oldin ularning haydovchilari tibbiy ko‘rikdan, avtomobillar texnik ko‘rikdan o‘tadi. Bundan tashqari taksi zaruriy talablarga muvofiq jihozlanadi, yo‘l varaqasi bo‘ladi», dedi u.

Ma’lumot uchun, oxirgi ikki oy ichida O‘zbekistonda noqonuniy taksi haydovchilariga 3 milliard so‘mdan ortiq jarima solindi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jismoniy shaxslar o‘z avtomashinasida taksi qilishi mumkinmi?