
“Chirchiq-Yangibozor-O‘rtasaroy” yo‘lining Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumanidan o‘tuvchi 25-kilometrida avtoto‘qnashuv oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, 7 kishi jarohatlandi.
Sof.uz nashrining yozishicha 24 yoshli N.Sarsenbayev boshqarib ketayotgan Lacetti va 32 yoshdagi S.Ahmedov boshqarayotgan Damas avtomashinalari to‘qnashuvi 21 mart kuni soat 13 dan 50 daqiqa o‘tganida yuz bergan.
Damas haydovchisi voqea joyida halok bo‘lgan. Damas yo‘lovchisi bo‘lgan 46 yoshli J.To‘laganova va Lacetti haydovchisi kasalxonaga olib ketilayotganda “Tez yordam” mashinasida vafot etdi.
Lacetti yengil avtomashinasining bir nafar, Damas minivenining 6 nafar yo‘lovchisi turli tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar