Ohangaron tumanida Isuzu va MAN rusumli yuk mashinalari to‘qnashuvi oqibatida 25 yoshli yigit vafot etdi. Bu haqda Toshkent viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi xabariga asosan Daryo nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2018 yil 23 mart kuni soat 06:40 larda 1995 yilda tug‘ilgan beshariqlik haydovchi “Rapqon-Progres-Fayz” MCHJga tegishli Isuzu rusumli yuk avtomashinasini boshqarib ketayotib, “Olmaliq—Toshkent” avtomobil yo‘lining 22-kilometrida shu yo‘nalishda oldindan harakatlanib ketayotgan MAN yuk mashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.
Foto: Toshkent viloyat IIB Tergov boshqarmasi
“Angren Logistika markazi maxsus yuk trans” MCHJga tegishli MAN yuk mashinasini 1962 yilda tug‘ilgan angrenlik erkak boshqarib kelayotgan bo‘lgan.
To‘qnashuv oqibatda Isuzu yuk avtomashinasi yo‘lovchisi, 1993 yilda tug‘ilgan farg‘onalik yigit olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.
Foto: Toshkent viloyat IIB Tergov boshqarmasi
Holat yuzasidan Ohangaron tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi