17:39 / 27.03.2018
4 263

«France-Press» AA muxbiri: "O‘zbekiston tezkor rivojlanayotgan mamlakat"

«France-Press» АА мухбири: "Ўзбекистон тезкор ривожланаётган мамлакат"
Fransiyaning «France-Press» axborot agentligi erkin jurnalisti Regis Jente O‘zbekiston haqida o‘zining quyidagi fikrlarini bayon qildi:

— Mazkur anjuman birinchi o‘rinda Afg‘oniston uchun muhim. Qolaversa, qo‘shni mamlakat bo‘lgani uchun bu davlatdagi vaziyat O‘zbekiston uchun ham alohida ahamiyatga ega. Yurtingiz tezkor rivojlanayotgan mamlakat bo‘lgani bois u dunyoda o‘z o‘rniga, tashabbusiga ega davlat sifatida qaraladi. So‘ngi vaqtlarda O‘zbekiston o‘zi rivojlanishi bilan birga, qo‘shni mamlakatlar bilan aloqalarini tiklash, ular bilan mustahkam hamkorlikka erishish yo‘lida tinmayapti.

Yurtingizdagi sayohat qiluvchilar uchun yaratilgan yangi va keng imkoniyatlar mening ham e’tiborimni tortdi. Bu juda yaxshi amaliy chora bo‘lganini ta’kidlashim joiz. Bundan tashqari jurnalistlar uchun barcha imkoniyatlar ham yaratilgani quvonarli.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «France-Press» AA muxbiri: "O‘zbekiston tezkor rivojlanayotgan mamlakat"