Senatda “To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish to‘g‘risida”gi qaror loyihasi ishlab chiqildi va joriy yilning 5-25 mart kunlari keng jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilgan edi.
Bu davrda teleradiokanallar va davriy bosma nashrlarda yuzga yaqin materiallar e’lon qilindi. Yetakchi internet nashrlari hamda ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan materiallar 1,6 mln. marotaba o‘qildi. Keng umumxalq muhokamalari jarayonida faol ishtirok etgan 400 mingdan ortiq fuqaro qarorni yanada takomillashtirish bo‘yicha ko‘plab taklif va fikrlarni bildirdi.
Oilaviy tadbirlarni tartibga solish jamiyat uchun ham muhim ijtimoiy ahamiyatga ega ekanligi bois, aholi tomonidan bildirilgan taklif va fikrlarni inobatga olib, mazkur masalani tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatni mukammal ishlab chiqish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati «To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish to‘g‘risida»gi qarorni qabul qildi.
Ushbu qaror bilan to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solishga oid jamoatchilik fikrini o‘rganish bo‘yicha Respublika ishchi guruhi tuzilib, uning tarkibi tasdiqlandi.
Ishchi guruhning asosiy vazifalari etib ushbu masalaning OAV, shu jumladan, internet nashrlarda faol muhokama qilinishini tashkil etish, mamlakatimizning har bir hududida oilaviy tadbirlarni o‘tkazish borasida shakllangan o‘ziga xos urf-odat va an’analarni aholi ishtirokida chuqur o‘rganib chiqishdan iborat deb belgilandi. Ishchi guruhga muhokamalar yakuni bo‘yicha asoslangan takliflar ishlab chiqish va loyihani O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etish topshirildi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)