Joriy yil Toshkent davlat yuridik universitetiga kirish davlat imtihonlari uchun hujjatlar sinov tariqasida respublikaning barcha tumanlaridagi Davlat xizmatlari markazlarida qabul qilinishi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri Ruslanbek Davletov nutqiga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.
«Joriy yil Toshkent davlat yuridik universitetida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar o‘zlari istiqomat qilib turgan hududdagi Davlat xizmatlari markazlari orqali OTM qabul komissiyasiga hujjatlarni topshirishi mumkin. Ushbu loyiha ko‘lami kelgusi yilda kengaytirilishi va hamma abituriyentlar tumanidan chiqmagan tarzda o‘zi tanlagan oliy ta’lim muassasasiga hujjat topshirishi mumkin bo‘ladi», deydi vazir O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining XIV yalpi majlisida.
Ma’lumot uchun, davlat xizmatlarining har bir turi bo‘yicha «Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi» tamoyiliga ko‘ra Davlat xizmatlari markazlari jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi