6 460
Shavkat Mirziyoyev: "Qancha pul ketsa ham, maktab va bog‘chalarga kameralar o‘rnatish kerak" (video)
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30—31 mart kunlari Jizzax viloyatida tashrif bilan bo‘ldi. Tashrif davomida davlat rahbari Jizzax shahar Ichki ishlar bo‘limi 2-son ichki ishlar bo‘linmasida ham bo‘lgani haqida Daryo xabar beradi.
Prezident matbuot xizmati ushbu bo‘linmaga tashrifning ayrim tafsilotlari haqida videolavha e’lon qildi. Shavkat Mirziyoyev «Xavfsiz shahar» loyihasi doirasida shahar bo‘ylab o‘rnatilgan kuzatuv kameralari faoliyati bilan tanishgan, shuningdek, barcha maktab va bolalar bog‘chalarini kameralar bilan kuzatib borish zarurligini ta’kidlagan.
«Maktab bilan bolalar bog‘chalariga kameralarni albatta o‘rnatish kerak. Buning uchun qancha pul kerak bo‘lsa, beringlar», — deb Prezident mutasaddilarga topshiriq bergan.
Qayd etish joiz, Prezident tashrifi bilan bir vaqtda Jizzaxdagi maktabgacha ta’lim muassasalaridan birida tarbiyachining bolalarga qo‘l ko‘tarishi bilan bog‘liq mojaro yuz berdi. Mazkur holat ortidan tarbiyachi, bog‘cha mudirasi, shahar maktabgacha ta’lim bo‘limi rahbari ishdan ketdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?