14:53 / 02.04.2018
3 978

O‘zbekiston o‘z hududiga Hindiston mudofaa zavodini joylashtirmoqchi


O‘zbekiston Hindistonga o‘z hududiga mudofaa ishlab chiqarish majmuasini joylashtirishni taklif qildi, deb yozadi “Daryo” Hindistonning The Economic Times nashriga tayanib.

Taklif ayni paytda ilk muhokama bosqichida turibdi. Hindiston shuningdek, O‘zbekistonga o‘z qurol-yarog‘larini eksport qilishni rejalashtirmoqda. Mudofaa sohasidagi hamkorlikning rivojlanishiga har ikkala mamlakatning Rossiya qurolidan foydalanishi imkoniyat yaratishi mumkin, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, Hindiston tashqi ishlar vaziri Mubashir Javod Akbar o‘tgan hafta O‘zbekistonda to‘rt kunlik tashrif bilan bo‘lgan. U respublika Mudofaa vaziri bilan uchrashib, mudofaa sohasidagi hamkorlikni kengaytirish imkoniyatini muhokama qilgan.

O‘tgan hafta Hindiston tashqi ishlar vaziri Mubashir Javod Akbar Islom Karimov nomidagi muzeyga tashrif buyurgani xabar berilgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston o‘z hududiga Hindiston mudofaa zavodini joylashtirmoqchi