Foto: Facebook / Chori Kucharov
Shahrisabz tumani Ichki ishlar bo‘limi xodimlari hamda xolislar ishtirokida o‘tkazilgan profilaktik tezkor tadbir jarayonida tumandagi Uloch qishlog‘ida yashovchi N.J. qonunga xilof ravishda yashash hovlisida ko‘knor giyohvandlik o‘simligini parvarishlab kelayotgani aniqlandi.
Bu haqda tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Chori Ko‘rarov “Facebook”dagi sahifasida ma’lum qildi.
Foto: Facebook / Chori Kucharov
Foto: Facebook / Chori Kucharov
Foto: Facebook / Chori Kucharov
Foto: Facebook / Chori Kucharov
Tezkor tadbir jarayonida N.J. hovlisida jami 665 dona ko‘knor o‘simligini ekib, parvarishlab kelayotgani, shuningdek, keyinchalik sotish maqsadida yashash xonasidagi sandiqda ikki dona ko‘knor boshog‘i va ko‘knor hashagini saqlab kelayotgani aniqlandi. Ushbu giyohvand moddalar xolislar ishtirokida o‘lchab ko‘rilganda 33,7 gramm ko‘knor hashagi quritilgan holda, 890 gramm ko‘knor nam holda ekani aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olindi.
Ayni paytda holat bo‘yicha N.J.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 25, 273-moddasi 5-qismi va 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi