6 322
Komil Allamjonov: Jizzaxda Prezidentga ko‘zbo‘yamachilik qilingani haqidagi xabarga munosabat (video)
O‘zbekiston Prezidentining matbuot kotibi Komil Allamjonov Davlat rahbarining Jizzax viloyatiga tashrifidan so‘ng internetda paydo bo‘lgan ayrim materiallarga munosabat bildirdi. Allamjonov o‘z bayonotlarini Facebook’dagi sahifasi orqali, jonli efirga chiqib bildirdi.
Avvalroq ba’zi manbalarda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Jizzax viloyatidagi “Zarbdor Tekstil” korxonasiga tashrif buyurgan vaqti uning qarshisida haqiqiy ishchilar emas, balki yaqin-atrofdagi kollejlarda tahsil o‘quvchi qizlar xuddi ishlayotgandek bo‘lib o‘tirgani, korxona aslida hali ish boshlashga tayyor emasligi haqida materiallar paydo bo‘ldi.
Prezident matbuot kotibi Komil Allamjonov “bundan xabardor” ekaniga alohida urg‘u berdi.
Keyingi masala — kuni kecha Jizzax viloyatiga bo‘lgan safar jarayonida bir tikuv sexiga bo‘lgan tashrif bilan bog‘liq: “U yerda ishlayotgan qizlar kollej o‘quvchilari, aslida bu ko‘zbo‘yamachilik bo‘ldi, bular ishchilar emas”, degan fikrlar paydo bo‘ldi. Bu masalaga ham e’tiboringizni qaratib shuni aytmoqchimanki, bundan bizning xabarimiz bor.
Ahamiyat bergan bo‘lsangiz, bu tikuv sexi 10 oy ichida yo‘q joydan paydo bo‘lgan. Hozircha bu sex 100 foiz quvvat bilan ish boshlagani yo‘q. Ta’mirlash, 100 foiz quvvat bilan ishlashni tashkil qilish jarayon ketmoqda. Korxona rahbarlari ushbu sex atrofidagi hududda istiqomat qiluvchi vaqtincha ishsiz ayollarga, korxonaga yaqin joylashgan kollejlardan, ixtiyoriy ravishda, talabgor qizlarga ish o‘rgatishni va kelajakda, kollejni bitirganlaridan keyin ularni ishchi sifatida qabul qilishni rejalashtirgan. Hozir esa faqat tayyorgarlik jarayoni ketyapti.
Kezi kelganda aytib o‘tmoqchiman — yillar davomida to‘plangan muammolar bir kunda, bir haftada, bir oyda hal bo‘lmaydi. Albatta, buning uchun vaqt kerak. Ushbu masalani to‘g‘ri tushungan holda, masalaga faqat bir tomondan emas, chuqurroq qarab baho berishingizni, munosabat bildirishingizni va Yurtboshimiz bugun olib borayotgan ishlarida ularga yelkadosh, ko‘makdosh bo‘lishingizni iltimos qilamiz va shunga chaqiramiz.

Komil Allamjonov, O‘zbekiston Prezidenti matbuot kotibi
Ma’lumot uchun, Prezident matbuot xizmati 30 mart kuni Shavkat Mirziyoyevning “Zarbdor Tekstil”ga tashrifiga doir axborot e’lon qilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi