Toshkentda militsiyaning xizmat libosini kiyib olib, firibgarlikka qo‘l urgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda “Toshkent” telekanalining “Poytaxt-vaziyat” ko‘rsatuvida axborot berildi.
Bekzod Adilbekov va Anvarxo‘ja Shoisayev 28 fevral kuni soat 16:30 larda Toshkent shahar Mirobod tumani hududidagi “Bolajon” istirohat bog‘iga kelgan hamda shu yerda birga sayr qilib yurgan yigit va qizni so‘roqqa tutadi.
“Maqsad — po‘pisa qilib, pul ishlab olish edi. Aynan shuning uchun soxta militsionerlar yigit-qizni jamoat joyida behayo harakatlarni sodir etganlikda ayblab, bu holat ular yashaydigan mahallada muhokama qilinmasligi evaziga ulardan pul talab qiladi”, — deyiladi ko‘rsatuvda.
Jabrlanuvchilarning arizasiga asosan, O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi va Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi O‘z xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Natijada Adilbekov va Shoisayev 80 ming so‘m miqdorida pul mablag‘ini olgan vaqti ushlangan.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi