Italiyadan keltirilgan naslli “oq velikan” zotli quyonlar.
Foto: “Xabar.uz”
Karmana tumanidagi “Qo‘rg‘on dala” agrofirmasida Italiyadan keltirilgan naslli “oq velikan” zotli quyonlar parvarishlanmoqda. Xo‘sh, ushbu quyonlarning mahalliy zotli quyonlardan farqi nimada?
Bu haqda fermer Alisher Qobilov shunday deydi:
— Ushbu quyonlar har 28 kunda 15 tagacha ko‘payishi bilan ahamiyatli. Har biri 10-15 kilogrammgacha tosh bosib, yil davomida 15 martagacha bolalaydi. O‘tgan yili xo‘jaligimizga olib kelingan 100 dona ona quyon va 4 dona erkak quyon qisqa vaqt ichida 2 mingtaga yetdi.
Yaqin kunlarda bu ko‘rsatkichni 5000 taga yetkazmoqchimiz. Daromadimiz ham shunga yarasha bo‘ladi. Boshqa sut emizuvchi hayvonlarga nisbatan tovushqonlar oilasiga mansub bu quyonlar tez yetiluvchanligi, ser-pushtligi, jadal o‘sishi va kamxarjligi bilan ajralib turadi. Bu zotdor quyonlar kuniga bir marta tarkibida 20 xil vitamini bor bo‘lgan maxsus ozuqa bilan parvarishlanadi. Ularga mahalliy sharoitga moslashgunga qadar hatto ho‘l mevalar berish taqiqlanadi.
Foto: “Xabar.uz”
Chorvachilikda go‘sht, sut, tuxum va baliq mahsulotlari bilan bir qatorda quyon go‘shtini yetishtirish muhim ahamiyatga ega. Chunki uning go‘shti parhezbop hisoblanib, yumshoqligi hamda yog‘ va xolesterin moddasi kamligi bilan ahamiyatli. Shuning uchun shifokorlar tomonidan haftada bir marotaba bolalar taomnomasiga kiritish tavsiya etiladi.
Quyon go‘shtining biologik qiymati hisobga olinib, tibbiyotda allergiya, gipertoniya, oshqozon-ichak, me’da, o‘t-pufak, jigar kasalliklarini davolashda foydalaniladi. Quyon momig‘idan tayyorlangan ashyolar davolovchi xususiyatga ega bo‘lib, nevrologiya, radikulit bilan og‘rigan bemorlarga tavsiya etiladi. Quyon momig‘i issiqni saqlash xususiyatiga ko‘ra, qo‘y junidan 10 barobar afzaldir.
Manba: Xabar.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi