Foto: «Minor.uz»
Toshkent shahar va «Minor» masjidi bosh imom-xatibi Anvar qori Tursunov mikroinsultni boshdan kechirdi, deb xabar berdi «Xabar.uz».
Anvar qori Tursunov operatsiya qilingan va hozirda ahvoli ancha yaxshi. U bugungi juma namozida ishtirok eta olmaydi, keyingi haftadan boshlab faoliyatini davom ettirishi kutilyapti.
Ma’lumot uchun, Anvar qori Tursunov 1958 yil 21 noyabrda Toshkent shahri Hamza tumanida xizmatchi oilasida tug‘ilgan. 1966—1976 yillarda Hamza tumanidagi 198-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tahsil olgan.
1981 yil Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU)ning filologiya fakultetini, 2001 yil Toshkent islom institutini tamomlagan.
Anvar qori Tursunov mehnat faoliyatini 1981—1984 yillarda «Yoshlik» jurnalida muharrir vazifasidan boshlagan. So‘ngra O‘zbekiston fanlar akademiyasi ilmiy xodimi, Abdulla Qahhor uy muzeyi ilmiy xodimi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi tarjima va adabiy aloqalar markazi Sharq adabiyoti bo‘yicha katta muharrir kabi lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan.
U diniy sohadagi faoliyatini 1994—1999 yillarda Toshkent shahar, Yashnobod tumanidagi «Yangiobod» jome masjidi imom-xatibi sifatida boshlagan. 1999 yildan Toshkent shahar bosh imom-xatibi hamda «Xo‘ja Ahror Valiy» jome masjidi imom-xatibi bo‘lib ishlagan. 2015 yildan «Minor» jome masjidi bosh imom-xatibi vazifasida faoliyat yuritmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi
Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi qanday ko‘rinishga ega?