“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasining "Boeing-767" samolyotida Tokio — Narita — Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab parvoz qilgan 60 nafar yaponiyalik sayyoh yurtimizga tashrif buyurdi.
Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida mehmonlarni “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK hamda OAV vakillari kutib olishdi.
Bir haftalik safar dasturiga ko‘ra, yaponiyalik sayyohlar poytaxtimizning diqqatga sazovor joylari hamda Urganch, Samarqand va Buxoroning qadimiy me’moriy yodgorliklari bilan tanishishni rejalashtirishgan.
16 aprel kuni yurtimiz mehmonlari “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasining samolyotida Yaponiyaga qaytib ketishadi.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekistonda Yaponiya fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy etilgandan so‘ng, “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi yaponiyalik sayyohlarni Fukuoko, Nagoya va Osaka shaharlaridan Samarqandga tashish uchun maxsus dastur asosida haftaning dushanba va payshanba kunlari qatnovlarni amalga oshirmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi
Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi
Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi