Foto:“Asr.uz”
O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan bir necha diniy ta’lim muassasalar faoliyatini umumlashtiruvchi, yangi ta’lim muassasasi — O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tashkil qilinishi haqida xabar bergan edik.
Shuningdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi asosiy media tuzilma — “Ziyo” media markazi tashkil etiladi. Uning asosiy vazifasi: dinning asl insonparvarlik mohiyatini, O‘zbekistonlik allomalar islom va jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan diniy-ilmiy merosini, diniy-ma’rifiy hayotdagi yangiliklarni jamoatchilikka yetkazish bo‘ladi.
Vazirlar Mahkamasi uch oy muddatda “Ziyo” media markazi ishini samarali tashkil etish maqsadida uni aloqa vositalari, keng qamrovli Internet tarmog‘i, zamonaviy telestudiya, televizion uskunalar jamlanmasi, kompyuter texnikalari, dasturiy ta’minot va boshqa texnika vositalari bilan ta’minlaydi.
Shuningdek, “Ziyo” media markazi 2021 yilning 1 mayiga qadar tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha zamonaviy telestudiya tashkil etish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar, kompyuter va server texnikasi va boshqa moddiy-texnika resurslarini olib kirish uchun bojxona to‘lovlarini to‘lashdan ozod etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling”
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi
Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Binance asoschisi to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qilindi
Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas
Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi