Fuqarolarning sudyalar faoliyati yuzasidan murojaat va shikoyatlari monitoring qilinadi

Fuqarolarning sudyalar faoliyati yuzasidan murojaat va shikoyatlari monitoring qilinadi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida fuqarolarning sudyalar faoliyati yuzasidan murojaat va shikoyatlar monitoringini yuritadigan komissiya tuziladi. Bu haqda deputat Sherzod To‘xtashev ma’lum qildi deb yozadi «Podrobno.uz».

«Qonunchilik palatasida ushbu yangi komissiya faoliyatini tashkillash bo‘yicha ishlar davom etmoqda. Joriy yil ikkinchi choragida uning ishga tushishi kutilmoqda», — deydi Sherzod To‘xtashev.

Shuningdek, sud tizimida yuzaga kelayotgan muammolarni Oliy sud va Oliy sudyalar kengashi bilan hamkorlikda hal etish mexanizmlari ishlab chiqiladi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar