17:04 / 26.04.2018
5 060

General-polkovnik qatnashgan ochiq muloqotda Qur’on tilovat qilindi

General-polkovnik qatnashgan ochiq muloqotda Qur’on tilovat qilindi
23-24 aprel kunlari Ichki ishlar vaziri lavozimida uzoq yillar (1991-2005) davomida faoliyat yuritib kelgan, bugungi kunda Ichki ishlar vaziri maslahatchisi, general-polkovnik Zokirjon Almatov mas’ul xodimlar bilan birga Buxoro shahri hamda G‘ijduvon tumanida ochiq muloqot o‘tkazdi, deb yozmoqda Azon.uz.

G‘ijduvon tumanidagi yig‘ilishda bevosita qatnashdim. Ushbu uchrashuvda muhokama qilingan mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, jinoyat va huqubuzarliklarning oldini olish haqidagi gaplar bir tomon bo‘ldiyu, muqaddas Islom dini haqida Z.Almatov tomonidan bildirilgan fikrlar bir tomon bo‘ldi. Alalxusus, Shavkat Mirziyoyevning BMT minbaridan turib Islom dini haqida dadil fikr yuritgani, Qur’oni karimning ko‘p nusxada chop etilishi, Qur’oni karim musobaqalari, Toshkent Islom universitetining xalqaro akademiyaga aylantirilishi kabi dindagi qator yangiliklar sanab o‘tildi va yig‘ilish yakuni kulminatsion voqea bilan tugadi.

Zokirjon Almatovning iltimosi bilan tuman bosh imom xatibi tomonidan minbardan turib duoyi fotiha qilindi. Zalni Qur’on suralarining go‘zal sadolari qamrab oldi… Ajib manzara…

Aksariyat tinglovchilari profilaktika inspektorlari va hukumat vakillari bo‘lgan rasmiy yig‘ilishda duoyi fotiha qilinishi dinga bo‘lgan ijobiy qarashlar o‘laroq katta voqelik bo‘ldi. Avvalgilariga o‘xshamas deganlaridek, bunaqasi hali bo‘lmagan!

Xayrli ishlar bardavom bo‘lsin!

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » General-polkovnik qatnashgan ochiq muloqotda Qur’on tilovat qilindi