
O‘zbekistonda 2018 yil uchun byudjet e’lon qilindi. Unda mahalliy byudjetlarning daromad qismi nima hisobiga to‘ldirilishi ko‘rsatilgan, deb yozadi Sputnik.
Mahalliy byudjetlarning daromad qismini mustahkamlash bo‘yicha moliyaviy manbalar sifatida maydoni bir gektardan ortiq bo‘lgan yer uchastkalarga yer solig‘i joriy etiladi.
Alkogol mahsulotlarga — 10 foizdan 27 foizga, tamaki mahsulotlari — 50 foizga va pivo — 20 foizga soliqlar ko‘paydi.
Soliq solinadigan bazaning ko‘payishini hisobga olgan holda soliq stavkasi 1,7 foizdan 0,2 foizga kamaytirish ko‘zda tutilmoqda.
Hududlarning ijtimoiy holatidan kelib chiqqan holda koeffitsiyentlarni kamaytirish mumkin. Masalan, Xorazm viloyatida joylashgan uy uchun mulk solig‘i Toshkent shahriga nisbatan 2 baravar kamroq bo‘ladi.
O‘zbekistonYilMahalliy ByudjetDaromad QismiYer Solig‘iAlkogol MahsulotlarSoliq StavkasiXorazm ViloyatiMulk Solig‘i O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar