G‘ijduvonda ag‘darilgan avtobus: rasmiy tafsilotlar e’lon qilindi

Bugun Buxoroda avtobus ag‘darilib ketgani haqida xabar bergan edik. Ichki ishlar vazirligi rasmiy saytida ushbu hodisa tafsilotlari e’lon qilindi.
Ma’lum bo‘lishicha, hodisa 10:50da Buxoro viloyatining Jondor tumanida sodir bo‘lgan. G‘ijduvon tumanida yashovchi J.Muzaffarov boshqaruvidagi «Setra» rusumli avtobusni tuman hududidan o‘tuvchi A-380 «G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu» avtomobil yo‘lining 319-km.da haydab ketayotgan vaqtida avulovning orqa o‘ng g‘ildiragi baloni yorilib ketgan. Oqibatda avtobus yo‘l chetiga chiqib, «yonboshlagan».
Hodisa oqibatida 49 nafar yo‘lovchining 4 nafari jarohat olgan va shifoxonaga yotqizilgan. Shuningdek, 26 nafar yo‘lovchiga shifoxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Yana 19 nafar yo‘lovchi esa jarohat olmagan.

Izohlar 0
…