
Mamlakatimizda davlat tashrifi bilan bo‘lib turgan Turkiya Jumhuriyati prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an kecha Odliy majlis qonunchilik palatasi va senati a’zolari oldida chiqish qildi.
Turkiya prezidenti o‘z chiqishini O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston qahramoni Erkin Vohidovning «O‘zbegim» qasidasining turkcha tarjimasini aytish bilan boshladi hamda deputat va senatorlarning olqishiga sabab bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasining prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil oktyabr oyidagi Turkiyaga davlat tashrifi chog‘ida ham Erdo‘g‘an Abdulla Oripovning «O‘zbekiston — Vatanim manim» she’ridan parcha o‘qib bergan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar