14:45 / 01.05.2018
4 048

Davlat rahbarlari Bahouddin Naqshband maqbarasiga tashrif buyurdi

Davlat rahbarlari Bahouddin Naqshband maqbarasiga tashrif buyurdi
Shavkat Mirziyoyev va Rajab Tayyip Erdog‘an Buxoroga tashrifi avvalida Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildilar. Qur’on tilovat qilindi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbek va turk xalqlarining dini, ma’naviy qadriyatlari bir. Yurtimizda yashagan avliyo va allomalar Turkiyada ham e’zozlanadi. Buyuk ajdodimiz Bahouddin Naqshband ana shunday siymolardan biridir.

Oliy martabali mehmonga uning hayoti, islom dini rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, «Ko‘ngling Allohda, qo‘ling mehnatda bo‘lsin» degan g‘oyaning mazmun-mohiyati haqida so‘zlab berildi.

Mustaqillik yillarida bu maskan yurtdoshlarimiz va xorijiy sayyohlar ko‘p keladigan ziyoratgohga aylandi.

Turkiya Prezidenti O‘zbekiston buyuk allomalar yurti ekanini, xalqimiz tarixi va ma’naviyatiga hurmati balandligini ta’kidladi.

Ziyorat turkiyalik mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Davlat rahbarlari Bahouddin Naqshband maqbarasiga tashrif buyurdi