date
views 7 297

Shavkat Mirziyoyev: «Birinchi marta biznesmen hokim bo‘ldi» (video)

Shavkat Mirziyoyev: «Birinchi marta biznesmen hokim bo‘ldi» (video)
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 aprel, dushanba kuni Toshkentda Turkiya biznesi va banklari rahbarlari qarshisida nutq so‘zlayotib, ularga Toshkentning yangi hokimi — Jahongir Ortiqxo‘jayevni tanishtirdi, deb yozadi «Gazeta.uz».

«Men O‘zbekiston tarixida birinchi marta o‘zim ishonadigan tadbirkorni Toshkent hokimi etib tayinladim. Bunaqasi tarixda bo‘lmagan», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

«Bu joriy islohotlarni tushunadigan, byurokratiyadan uzoq bo‘lgan, Toshkent shahrining ertangi kuni qanday bo‘lishini tasavvur qiladigan, zamonaviy yigit O‘zbekistonga toza havo kirishi uchun, investorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun tayinlandi», — deya ta’kidladi Prezident.

«U bizning ko‘pchilik rahbarlarimiz kabi raykom, partiya singari byurokratiya tizimlarining hech birida ishlamagan. Bu tadbirkor. Shunga qaramay, men bu tadbirkorni eng yirik hududimiz — Toshkent rahbari etib tayinladim», — dedi davlat rahbari.

«Ertangi kunni men faqat tadbirkorlarga ishonaman. Shu sababli qaror qildim: tadbirkor — Toshkent shahar hokimi», — dedi u.

«Bugungi kundan e’tiboran u ikki karra mas’uliyatga ega, — deya qo‘shib qo‘ydi Shavkat Mirziyoyev. — Agar sizlar (turkiyalik investorlar) Toshkentda birorta to‘siqqa duch kelsangiz, u javobgar bo‘ladi».

Akfa kompaniyalari asoschisi, Artel Engineering va Tashkent City direktori Jahongir Ortiqxo‘jayev 26 aprel kuni Toshkent hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev: «Birinchi marta biznesmen hokim bo‘ldi» (video)