
Bulung‘ur tumanidagi “Mingtepa” mahallasida joylashgan “Western” mehmonxonasida boshqaruvchi bo‘lib ishlagan T. B. 2018 yil 16 fevralda mehmonxonaga er-xotin bo‘lmagan yigit va qizni joylagani uchun qamaldi.
Ma’lum bo‘lishicha, boshqaruvchi “mehmonlar”ning shaxsini tasdiqlovchi pasportlarini olib, ko‘zdan kechirgan. Er-xotin emasligini bilgach, “sekingina” suhbat qilgan.
“Montya” va “Rusya” jinsiy aloqa qilish maqsadida kelgani va sharoit yaratib berishini so‘rab, pul taklif qiladi.
T. 300 ming so‘m pulni olib, ularni xonaga joylashtirgan.
Shu mahal IIB xodimlari kirib kelib boshqaruvchini qo‘lga olgan.
T. B.ga nisbatan bir yilu ikki oy muddatga ozodlikdan cheklash jazosi qo‘llanildi, deb "Darakchi" nashri xabar berdi "Zarafshon" nashri xabariga tayanib. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar