00:30 / 11.05.2018
6 957

Ilk bor O‘zbekistondagi stadionda namoz o‘qish uchun alohida joy ajratiladi

Ilk bor O‘zbekistondagi stadionda namoz o‘qish uchun alohida joy ajratiladi
Yurtimizda Islom dinini yoshlarga yetkazish, uni to‘g‘ri tashviqot qilish yo‘lida ko‘plab amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. “boshqa davlatlarda Islom dinini o‘ziga niqob qilib, boshqa yo‘llarga yurayotgan bolalar, shu terrorizm, diniy aqidaparastlik kabi narsalar bizga yot bo‘lishi kerak”, deb aytgan muxtaram prezidentimiz.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT minbaridagi nutqida butun jahon jamoatchiligiga islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini yetkazishni O‘zbekiston eng muhim vazifasi deb hisoblashini ham aytgan edi.

Bir necha kundan so‘ng Islom dinining muborak Ramazon oyi kirib kelmoqda. Toshkentning “Lokomotiv” klubi uy stadioni hududida namoz o‘qish uchun joy tayyorladi. Bu haqda klub Matbuot xizmati xabar bermoqda. “Lokomotiv” stadioniga tashrif buyurgan futbol muxlislari 4 sektor oldidan alohida ajratilgan joyda namoz ibodatlarini bajarishlari va namoz tahoratini olish xonalari tashkil etiladi.

Manba: asr.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ilk bor O‘zbekistondagi stadionda namoz o‘qish uchun alohida joy ajratiladi