23:39 / 12.05.2018
20 725

Shuhrat Otamuhamedov Uchtepa tumaniga hokim etib tayinlandi

Shuhrat Otamuhamedov Uchtepa tumaniga hokim etib tayinlandi
Shuhrat Otamuhamedov 12 may kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumaniga hokim etib tayinlandi. Bu haqda shahar hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, 1975 yili Toshkent shahrida tug‘ilgan Otamuhamedov Toshkent elektrotexnika aloqa instituti (1998) va O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini (2006) tamomlagan.

tamuxamedov Shuxrat Maxamadnazimovich 12 may kuni Toshkentning Uchtepa tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Eslatib o‘tamiz bunga qadar tuman ma’muriyatini boshqargan Shavkatbek Turdiyevich Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi lavozimiga tayinlangan edi.

Joriy tayinlovga qadar Otamuhamedov 2016 yildan «O‘zbekiston pochtasi» bosh direktori, avvalroq Vazirlar Mahkamasi Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamenti Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish masalalari sho‘’basining mudiri (2013—2016) bo‘lib ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, Uchtepa tumanining avvalgi hokimi Shavkat Ergashev aprel oyida Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi etib tayinlangan edi. Mirzo Ulug‘bek tumanining bundan avvalgi hokimi Sherzod Kudbiyev esa bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimiga tayinlangan edi.

Qayd etish joiz, 12 may kuni Toshkentning Olmazor va Sergeli tumanlariga ham yangi hokimlar tayinlandi. Xususan, Sergeli tumanining sobiq hokimi Baxtiyor Rahmonovga Olmazorga rahbarlik ishonib topshirilgan bo‘lsa, uning Sergelida bo‘shab qolgan o‘rniga shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Nozim Husanov tayinlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shuhrat Otamuhamedov Uchtepa tumaniga hokim etib tayinlandi