«Mening fikrim» ommaviy murojaatlar portali qisqa vaqt ichida takliflarga to‘lib, ommabopligi oshib bormoqda. Quyida bir fuqaro O‘zbekiston hududida nosvoyni taqiqlash fikrini bildirgan va buning uchun asoslarini keltirgan.
Uning yozishicha, nos chekishning inson organizmi uchun zararlari juda ko‘p. Nosvoy tarkibidagi tamaki tufayli tishlar qorayadi va asta-sekin to‘kila boshlaydi. Nosvoydagi ishqor tufayli yuqori va pastki lablarda yallig‘lanish va abssess hosil bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, til osti saratoni yuzaga kelish xavfi, lablar va og‘iz bo‘shlig‘ida turli o‘smalar paydo bo‘lish ehtimoli yuqori. Ichak infeksiyalari, virusli gepatit kabi kasalliklar yuqish xavfi bor. Bundan tashqari, oshqozon yaralari va saratoni yuzaga kelishi mumkin.
Muallif shu asoslarni keltirib, O‘zbekiston Respublikasi hududida nosvoyni taqiqlash bo‘yicha tezkor me’yoriy-huquqiy hujjatlar tayyorlashni taklif etgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi