
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahmatullohi alayh umrini Islom dini xizmatiga bag‘ishlagan, minglab shogirdlar tayyorlagan, yuzlab kitoblar yozgan yetuk olim edi.
Darhaqiqat, bunday yetuk allomalar yuz yilda bir tug‘iladi, degan gapda jon bor. Ammo ular qoldirgan ilmiy meros asrlar davomida odamzodga xizmat qiladi, qalblarni nurlantiraveradi.
Muborak oyda yurtdoshlarimizga “Umar ibn Xattob” serialini namoyish etishga tayyorgarlik ko‘rayotgan MilliyTV ijodkorlari yana bir Ramazon tuhfasini tayyorladilar.
Islom.uz portalining oltin fondidan Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning “Ramazon suhbatlari” mazkur telekanal orqali efirga uzatiladi.
Bir oy davomida har kuni soat 18.40 da MilliyTV orqali insonlarni ezgulikka chorlovchi, qalbga malham bo‘lguvchi suhbatlarni tinglang.
Manba: Azon.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar