2012 yilda 15 yilga qamalgan sobiq prezident davlat maslahatchisi va adliya vaziri Ravshan Muhitdinov ozodlikka chiqarildi.
Ravshan Muhitdinov jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudining 8 maydagi kassatsiya instansiyasi qarori bilan ozodlikka chiqarildi. U 2011 yilda qo‘lga olingan va 2012 yilda Jinoyat kodeksining 10 ta moddasi bo‘yicha, jumladan pora olish, hokimiyatni suiiste’mol qilish va boshqalar bo‘yicha aybdor deb topilib, qamalgan edi.
Ravshan Muhitdinov (1963 y. t.) — Toshkent davlat yuridik universiteti (1985) hamda prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi (1997) bitiruvchisi.
2011 yil iyunida prezidentning huquq-tartibot idoralari faoliyatini muvofiqlashtirishga javobgar davlat maslahatchisi lavozimiga tayinlangan.
2007 yildan esa adliya vaziri bo‘lgan.
2006−2007 yillarda bosh prokuror o‘rinbosari, 2005−2006 yillarda prezident devoni mas’ul xodimi, 2000−2005 yillarda — Jizzax viloyati prokurori, 1998−2000 yillarda ham prezident devoni xodimi bo‘lib ishlagan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi