2017 yilning 12 oyida va 2018 yilning 4 oyida jami 379 nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishlari O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasiga asosan reabilitatsiya asoslari bilan tugatilgan va aybsiz fuqarolar oqlangan (2007-2016 yillarda 22 nafar shaxs oqlangan). Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati xabar bermoqda.
Shundan, 15 nafar fuqaro prokuratura organlarining protestlariga asosan aybsiz deb topilib, oqlangan.
Jumladan, Yashnobod tuman sudining 2016 yil 25 oktyabrdagi hukmiga ko‘ra, Toshkent shahar Bojxona boshqarmasi yuklarni bojxona ko‘rigidan o‘tkazish guruhi inspektori X.Yuldashev JKning 182-moddasi 2-qismi “g” bandi (boj stavkalariga ta’sir qiladigan tovarlarga tashqi iqtisodiy faoliyat nomenklaturasi kodlarini noto‘g‘ri kiritish) bilan aybdor deb topilgan.
Bosh prokuratura tomonidan ushbu jinoyat ishi o‘rganilib, tovarlarga tashqi iqtisodiy faoliyat nomenklaturasi kodlarini kiritish X.Yuldashevning vakolat doirasiga kirmasligi sababli jinoyat ishini JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan tugatish haqida keltirilgan protesti asosida Oliy sud tomonidan X.Yuldashev aybsiz deb topilib, oqlangan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi
Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi?
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi