16:54 / 22.05.2018
5 200

Sergey Shoygu terrorchilarning Markaziy Osiyoga o‘tib ketish xavfi borligini aytdi

Sergey Shoygu terrorchilarning Markaziy Osiyoga o‘tib ketish xavfi borligini aytdi
Afg‘onistondagi vaziyat barqarorlashmayapti, bu ushbu mamlakat orqali terrorchilik guruhlarining chegaradosh davlatlarga o‘tishi uchun imkoniyat yaratadi. Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu O‘zbekiston harbiy idorasi rahbari Abdusalom Azizov bilan muzokaralarda aytib o‘tdi, deb yozadi «Daryo».

Shoyguning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi harbiy va harbiy-texnik hamkorlik «mutlaqo aniq va juda muhim xususiyat kasb etadi».

«Bu albatta, birinchi navbatda O‘zbekiston chegaralaridagi barcha xavf va tahdidlar bilan bog‘liq. Shu yerda Suriyadan qo‘shni davlatlarga, shu jumladan, O‘zbekistonga ko‘chib o‘tayotgan xalqaro terrorizm xavfining o‘sib borayotganini ham tilga olmaslikning iloji yo‘q», — dedi u.

Shoygu xalqaro terrorizm xavfining tarqalishi munosabati bilan, Rossiya katta sonli o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilarni o‘qitishga, shuningdek, respublikaga harbiy xizmatchilarni tayyorlash uchun o‘qituvchilarni yuborishga tayyorligini ma’lum qildi. U Rossiyadagi o‘quv muassasalarida o‘qiyotgan harbiy mutaxassislar sonini «bir necha foizga emas, bir necha barobar oshirish»ni taklif qildi.

Rossiya vaziri so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston harbiy mutaxassislari Rossiyada yaxshi bilimga ega bo‘lmoqda.

«Shuningdek, alohida rejani, ya’ni dasturni tayyorlash ham muhim deb hisoblaymiz, uni esa siz bilan Rossiyada avgustda bo‘lib o‘tadigan ‘Armiya-2018’ Xalqaro harbiy-texnik forum chog‘ida ko‘rib chiqishga umid qilamiz, ushbu jarayonda siz bilan harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya majlisini ham o‘tkazishimiz mumkin», — dedi vazir.

Eslatib o‘tamiz, Sergey Shoygu 21 may kuni Toshkentga keldi. 22 may kuni O‘zbekiston mudofaa vaziri, general-mayor Abdusalom Azizov Sergey Shoygu bilan muzokaralar olib borishi, unda ikki mamlakat mudofaa vazirliklari o‘rtasida harbiy, harbiy-texnik va harbiy ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro hamkorlikning istiqboldagi rejalari xususida so‘z yuritilishi xabar berilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sergey Shoygu terrorchilarning Markaziy Osiyoga o‘tib ketish xavfi borligini aytdi