Avval xabar berganimizdek, 21 may kuni O‘MIning Toshkent shahar vakilligiga vaqtinchalik bosh imom xatib tayinlandi. Azon.uz sayti ochiq ma’lumotlar asosida Rahimberdi Rahmonov haqida ma’lumotlar to‘pladi.
Rahmonov Rahimberdi Ergashevich 1977 yil 8 oktyabrda Toshkent viloyati Bo‘ka tumanida ziyoli xonadonda tug‘ildi.
1984-1992 yillarda Bo‘ka tumanidagi 25-o‘rta maktabda o‘quvchi.
1992 yil o‘rta maktabni tugatgach, shu yilning o‘zida «Mir Arab» madrasasiga qabul qilinib, 1994 yilda a’lo baholar bilan tamomladi.
1995 yilda Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom institutiga o‘qishga kiradi.
1999 yilda Islom oliygohini imtiyozli bitirdi.
2000 yildan Toshkent shahar Hamza (Hozirgi Yashnobod) tumanidagi «Xolid ibn Valid» jome’ masjidi imom-xatibi etib tayinlandi. Ushbu masjiddagi faoliyati 2012 yil yanvar oyiga qadar davom etdi. 2007 yildan Hamza tumani bosh imom-xatibi vazifasiga ta’yinlandi.
2012 yilning 19 yanvaridan O‘zbekiston musulmonlari idorasining buyrug‘iga asosan Yunusobod tumani bosh imomi va «Mirza Yusuf» jome’ masjidi imom-xatibi vazifasiga tayinlandi va ikki yil davomida Yunusobod tumanida juda katta hajmda hayrli ishlarni amalga oshirdilar. Qatorasiga ikki yil izlanuvchanligi va talabchanligi uchun Yunusobod tumani hokimi tomonidan maxsus ishonch yorlig‘i bilan taqdirlandilar.
2010 yildan «Ko‘kaldosh» madrasasida mudarrislik vazifasida ham xizmat qildi.
2014 yildan hozirgi kungacha «Xo‘ja Alambardor» jome’ masjidi imom-xatibi vazifasida ishlab kelmoqda.
2017 yil «Sarhisob-2017» tanlovida «Yilning eng faol targ‘ibotchisi» g‘olibi.
Hozirgi vaqtda O‘zbekiston musulmonlari idorasi masjidlar bo‘limi mudiri va O‘MIning Toshkent shahar bosh imom xatibi vazifasini bajaruvchi.
Oilali, 5 nafar farzandi bor. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Toshkentda «prava» olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi
Husiylar Rossiya neftini olib ketayotgan kemaga raketalar uchirdi
Olmaotada o‘likxona qo‘riqchisi jasadlarni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda
Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik
Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Ilon Mask Pekinga e’lon qilinmagan tashrif bilan keldi