“Toshkent – Nyu-York — Toshkent” aviareyslari keskin arzonlashtirildi

“Toshkent – Nyu-York — Toshkent” aviareyslari keskin arzonlashtirildi
O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK joriy yilning 3 iyunidan 8 sentyabriga qadar “Toshkent – Nyu-York - Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha ekonom klassning minimal tariflarini pasaytirmoqda.

Unga ko‘ra, bir tomonga uchish narxi 430 yevro (4 037 924 so‘m), borib-kelish esa 829 yevro (7 788 863 so‘m) etib belgilandi. Bu haqda “Xalq so‘zi” nashri xabar tarqatdi.

Yo‘lovchilar uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida, shuningdek, “Samarqand – Nyu-York” reyslari uchun ham 3 iyundan boshlab bir tomonli tarif joriy etiladi.

Gap shundaki, shu asosda Samarqanddan Nyu-Yorkka Toshkent orqali aviachipta rasmiylashtirish uchun yana bir qulaylik yaratiladi. Bunda “Samarqand — Toshkent” ichki marshrutida parvoz qilish uchun qo‘shimcha to‘lovlar talab etilmaydi.

Aviachipta xarid qilingan kunidagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha sotiladi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar