
Rashidjon Qodirov (o‘ngdan birinchi) Shuhrat Uzoqov bilan birgalikda SHHTga a’zo davlatlar Bosh prokurorlari yig‘ilishida. Toshkent. 2014 yil 8 oktyabr. Foto: “Genproc.gov.ru”
Bir necha kun muqaddam ayrim xorij ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Respublikasining sobiq bosh prokurori Rashidjon Qodirov xalq tilida “Sangorod” deb ataladigan mahbuslar davolanadigan kaloniyada davolanayotgani haqida xabarlar tarqatilgan edi. Ushbu xabarlarni “Xabar.uz”ning vazirlik tizimidagi manbasi tasdiqladi.
Ma’lum bo‘lishicha, Rashidjon Qodirov taxminan ikki hafta oldin qon bosimidan aziyat chekib, “Sangorod”ga yotqizilgan. Hozirgi paytda uning ahvoli barqaror ekani aytilmoqda.
Shu yilning 22 fevralda hibsga olingan Qodirov bosh prokuratura rasmiy xabariga ko‘ra, tovlamachilik, hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish va pora olish moddalari bo‘yicha ayblanmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar