
Avval xabar berganimizdek, bugun, 1-iyun kuni, Maktabgacha ta’lim vazirligi Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlab ijtimoiy loyihani — “Qo‘lingda imkon” musiqiy video klipni e’lon qildi.
Maktabgacha ta’lim vazirligi vakili Shahnoza Mirziyoyeva ushbu loyihaning yaratilishi xususida to‘xtaldi:
“Kelajakdagi muvafaqqiyat, omad, o‘zini anglash bolalikdan shakllanadi. Farzandlarimizning bugungi tanlovi ularning va mamlakatimizning kelajagi bilan bog‘liq. Bu yo‘lda ularga yordam berish bizning umumiy vazifamizdir”.
Shuningdek, vazirlik ushbu musiqaviy videoklipni yaratishga o‘z hissasini qo‘shganlarga va Lola Yo‘ldashevaga Maktabgacha ta’lim vazirligining g‘oyasini amalga oshirgani uchun alohida minnatdorchilik bildirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar